Olis hududlarda joylashgan bog‘chalarga subsidiyalar to‘lanadi

O‘zbekiston 14:01 / 12.06.2021 4594

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan:

  • belgilangan tumanlarda 100ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi;

olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi tegishli nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga:

  • har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
  • “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
  • davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiyalar to‘lanadi;
  • 2018–2019 yillarda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval berilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2022 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi.
Ko‘proq yangiliklar: