Angrenda «Neksiya» bilan to‘qnashgan «Lasetti» yonib ketdi 

O‘zbekiston 08:20 / 12.06.2021 9715

Ma'lum qilinishicha, 11 iyun kuni soat 22:30larda, Toshkent viloyati, Angren shahar hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘li 180-kilometrida haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan R.S. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli hamda haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan M.Yu. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, zarb oqibatida "Lasetti" rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in bartaraf etilgan, to‘qnashuv natijasida "Lasetti" rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1989 yilda tug‘ilgan N.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. 

Mazkur YTH yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: