Turkiyada qiymati 1,2 milliard dollarlik oltinga ega kon topildi

Jahon 18:58 / 11.06.2021 8482

Turkiyada qiymati bir milliard dollardan ortiq oltin zaxirasiga ega kon aniqlandi. Bu haqda Daily Sabah xabar bermoqda.

Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varankning so‘zlariga ko‘ra, qimmatbaho metallar zaxirasiga ega kon Koza Altin oltin qazib olish kompaniyasi tomonidan Mullaqora qishlog‘i hududida topilgan.

Bu yerda qiymati 1,2 milliard dollarlik 20 tonnaga yaqin oltin hamda 2,8 million dollarlik 3,5 tonna kumush borligi aytilmoqda.

Avvalroq Segyut shahrida 99 tonnaga yaqin oltin zaxirasiga ega yirik kon aniqlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: