Toshkentda «Lacetti» qizil chiroqda to‘xtab turgan yuk avtomobiliga kelib urildi. Haydovchilardan biri vafot etdi

O‘zbekiston 08:13 / 11.06.2021 11267

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 10 iyun kuni soat 22:00larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, KHAY hamda Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan F.E. "Lacetti" rusumli avtomobilni boshqarayotib o‘zidan oldinda, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi "Mercedes-Benz" rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi F.E. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: