Samarqand viloyatida tadbirkorlarning huquqlari buzilishi bo‘yicha 108 nafar mansabdor shaxsga chora ko‘rilgan

Iqtisodiyot 21:01 / 10.06.2021 955

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 5 oy davomida Biznes-Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi xodimlariga tadbirkorlik sub'yektlaridan 235 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 203 tasi ko‘rib chiqilgan. Ko‘rilgan murojaatlarning 72 tasi ijobiy hal etilgan, 131 tasiga normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar qilingan holda tushuntirish berilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 60 tasi ruxsatnoma, litsenziya va hujjatlar rasmiylashtirish, 40 tasi yer ajratish va kompensatsiya, 36 tasi bank-kredit, 28 tasi surishtiruv-tergov masalasi, 18 tasi soliq, 10 tasi sud qarorlari va 43 tasi boshqa masalalar yuzasidan yo‘llangan.

Murojaatlar hamda tahlillar asosida tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan davlat organlariga 76 ta ta'sir choralari qo‘llanilgan (8 ta taqdimnoma, 4 ta da'vo ariza va 64 ta ma'muriy bayonnoma).

Bundan tashqari, Biznes-Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi xodimlari tomonidan nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi o‘rganilganda 5 oy mobaynida 3 203 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Buning natijasida 64 ta mansabdor shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilib, ulardan 81 million so‘m jarima davlat foydasiga undirilishi ta'minlangan.

Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarida noqonuniy tekshirish o‘tkazgan 8 ta nazorat qiluvchi organning 44 nafar mansabdor shaxsiga (17 nafar soliq, 12 nafar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi, 5 nafar kadastr agentligi, 3 nafar agroinspeksiya, 3 nafar kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, 2 nafar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, 1 nafardan qurilish idorasi va sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi xodimlari) nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan chora ko‘rilgan.

Ko‘proq yangiliklar: