Har uchta ijro hujjatidan bittasi aliment masalasi

O‘zbekiston 18:26 / 10.06.2021 1508

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasining 2021 yil 5 oylik faoliyati yakunlari va aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Byuro tomonidan o‘tgan 5 oy davomida jami 948 mlrd so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi tamomlanib, shundan 538 mlrd so‘mlik 39 mingta ijro hujjatlari amalda undirilishi ta'minlangan.

O‘tgan o‘n yil mobaynida aliment ishlari soni 20 mingtaga yoki 182 foizga ortgan. Oqibatda 6 ming 208 ta murojaatlarning 4 ming 215 tasi, ya'ni 68 foizi alimentga oid masalalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavjud muammolarga o‘zgacha yondashib, aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari yuzasidan aloqador tashkilotlar bilan oilalarni o‘zaro yarashtirish ishlariga e'tibor qaratilmoqda.
Natijada, joriy yil davomida 320 dan ortiq oilalar yarashtirildi.

Ishsiz aliment to‘lovchilarni ish bilan ta'minlash borasida olib borilgan tadbirlar natijasida 564 nafar aliment  to‘lovchilar ishga joylashtirildi.

Ko‘proq yangiliklar: