Fransiyadagi Lonshan saroyiga sayohat (foto)

Jahon 17:25 / 07.06.2021 15093

Dam olish kunlari Fransiya bo‘ylab sayohat qilishni yoqtiraman. Bu yangi sarguzashtlar berish bilan birga, mamlakatni yaqindan bilishga, fransuzlar madaniyatini o‘rganishga yordam beradi. Navbatdagi sayohatim Fransiyaning mashhur Lonshan saroyiga bo‘ldi. Bu haqda UzbekLife kuzatuvchilari uchun fotoreportaj tayyorladim.

Saroy 3 qismdan iborat

Lonshan saroyi Fransiyaning Marsel shahrida joylashgan. Uning ichida ikkita muzey: Nafis san'at muzeyi va Tabiiy tarix muzeyi bor. Saroy atrofidagi Lonshan parki Fransiya Madaniyat vazirligi tomonidan “Fransiyaning eng mashhur bog‘lari” ro‘yxatiga kiritilgan.

Saroy Dyurans daryosidan Marselga suv keltiruvchi Marsel kanali qurilishi sharafiga yaratilgan. Uning tamal toshini 1839 yil Orleans gersogi qo‘ygan bo‘lsa-da, qurilishga 30 yil ketgan.

O‘ylashimcha, bunga katta mablag‘ kerakligi va qisman mahalliy tartib bilan kelib chiqqan muammolar sabab bo‘lgan. Saroyni arxitektor Anri-Jak Esperandyo loyihalashtirgan.

Saroy 3 qismdan iborat:

1. château d'eau (suvli qasr) fontani

2. Sharqiy qanot (Nafis san'at muzeyi joylashgan)

3. G‘arbiy qanot (Tabiiy tarix muzeyi joylashgan).

1869 yil ochilgan saroyga boshqa joylardan turli san'at va tabiiy tarix kolleksiyalari olib kelingan.

Quyida saroydan esdalik uchun olgan rasmlarimni ko‘rishingiz mumkin.

Feruza Maxmasobirova
UzbekLife’ning Fransiyadagi kolumnisti

Ko‘proq yangiliklar: