Dunyoning eng badavlat odami kosmosga uchishini ma'lum qildi

Jahon 16:48 / 07.06.2021 13349

Amazon asoschisi Jyeff Bezos 20 iyul kuni ukasi va Blue Origin parvozi doirasidagi auksion g‘olibi bilan kosmosga parvoz qiladi. U bu haqda Instagram sahifasida ma'lum qildi.

«Besh yoshimdan kosmosga uchishni orzu qilardim. 20 iyul kuni ukam bilan ushbu sayohatga otlanaman. Eng yaxshi do‘stim bilan qoyilmaqom sayohatga», — deb yozdi Bezos.

Milliarderga tegishli Blue Origin kompaniyasi o‘z Twitter-akkauntida Bezos va uning ukasi bilan birga kosmosga 12 iyun kuni yakunlanadigan auksion g‘olibi ham uchishini ma'lum qildi.

Avvalroq Blue Origin kompaniyasi New Shepard kosmik kemasida parvoz qilish chiptasini onlayn-auksionga qo‘ygandi.

Chipta uchun to‘langan pul Blue Origin tashkil etgan Club for the Future fondiga o‘tkaziladi. Fondning maqsadi yoshlarning fan, texnologiya, injyeneriya va matematika sohalariga qiziqishini oshirish hamda kosmosdagi hayot g‘oyasini rivojlantirishdan iborat.

2018 yilda Reuters manbalari New Shepard kemasida parvoz qilish narxi 200 ming dollardan 300 ming dollargacha bo‘lishini va narx kompaniyaning raqobatchisi bo‘lgan milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi rejalaridan kelib chiqib belgilanishini aytishgandi.

New Shepard tashuvchi raketasi olti nafar yo‘lovchini Yerdan 100 km balandlikka olib chiqishga mo‘ljallangan (taqqoslash uchun, XKS orbitasi o‘rtacha 420 km balandlikda). 

Ko‘proq yangiliklar: