Bayden Jyenevadagi muzokaralar oldidan Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot o‘tkazadi - OAV

Jahon 21:27 / 07.06.2021 6720

Ma'lum qilinishicha, bu Zelenskiy Ukrainaning «Naftogaz» davlat kompaniyasi rahbariyatini o‘zgartirishga qaror qilgani bilan bog‘langan. Vashingtonning ta'kidlashicha, Zelenskiy bu bilan korrupsiyaga qarshi kurashishdan bosh tortgan.   

Bu orada Ukraina prezidenti ofisi vakili Mixail Podolyakning ma'lum qilishicha, AQSh va Ukraina rahbarlari 7 iyunda telefon orqali suhbatlashadi. Uning aytishicha, tomonlar Rossiya va Ukraina munosabatlariga taalluqli masalalarni muhokama qiladi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Axios jurnalisti bilan suhbatda Bayden va Putin muzokaralari oldidan Oq uy rahbari bilan «dunyoning istalgan nuqtasida» uchrashishga tayyorligini bildirgan. Zelenskiy Bayden Jyenevadagi uchrashuv oldidan u bilan maslahatlashmasdan xato qilayotganini aytgan. Ukraina yetakchisi, shuningdek, AQSh hukumatining «Shimoliy oqim-2» gaz quvuriga qarshi sanksiyalarni kiritmaslik qaroridan taajjublangani, bu haqda Vashington vakillaridan emas, balki OAVdan xabar topganini aytgan.

Rossiya va AQSh prezidentlari o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyunda Shveytsariyaning Jyeneva shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: