O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda yana 40 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Jamiyat 11:28 / 06.06.2021 4465

O‘zbekistonda 5 iyun kuni jami 40 799 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 18 581 nafari birinchi bosqichda, 19 862 nafar fuqaro ikkinchi bosqichda, 2356 nafar fuqaro esa uchinchi bosqichda emlangan.

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 2 335 997 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 860 117 dozasi ikkinchi, 8742 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 467 138 nafarni tashkil etmoqda.

5 iyun kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Andijon viloyati (6024 doza),
  • Toshkent viloyati (5040 doza),
  • Namangan viloyati (4977 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Farg‘ona viloyati (289 105 doza),
  • Namangan viloyati (275 212 doza),
  • Andijon viloyati (268 996 doza),
  • Samarqand viloyati (219 854 doza) egalladi.

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Emlash uchun AstraZeneca, ZF-UZ-VAC 2001 va «Sputnik V» vaksinasidan foydalanilmoqda. AstraZeneca vaksinasi bilan 2 marotaba, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi bilan 3 marotaba emlash ko‘zda tutilgan. 23 maydan o‘zbek—xitoy vaksinasi bilan emlanganlarga 3-dozani qo‘llash boshlandi. Mamlakatda iyun oyi oxirigacha 4 million kishini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: