«Ziraat Bank Uzbekistan» AJ, jahon bank-moliya bozorida 158 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Turkiya Jumhuriyati Ziraat Bankası A.Ş.ning O‘zbekistondagi shu'ba banki hisoblanadi.
Ziraat Bankası A.Ş. – Ziraat moliyaviy guruhi sifatida, Turkiyada 1728 ga yaqin bank filialiga, dunyoning 114 nuqtasida shu'ba va vakolatxonalariga, jumladan Germaniya, Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Turkmaniston kabi 18 ta davlatda shu'ba banklariga ega bo‘lgan yirik tarmoq tuzilmasini o‘z ichiga olgan dunyoning eng yirik banklari yuztaligiga kirib, ushbu o‘rnini mustahkamlashda davom etmoqda.
Bugungi kunda «Ziraat Bank Uzbekistan» AJning Toshkent shahrida 2 ta filiali hamda Samarqand shahrida ofisi mavjud. Mijozlar bazasining asosiy qismini O‘zbekiston, Turkiya, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqalaridagi biznes vakillari tashkil etadi. Bankning maqsadi – mijozlarga tezkor va sifatli xizmatlarni ko‘rsatish, tadbirkorlarga o‘z biznesini rivojlantirishda ishonchli sherikka aylanishdir.
Bankning hududiy tarmog‘ini kengaytirish hamda joylarda tezkor xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida, joriy yilning 2 iyun kuni «Ziraat Bank Uzbekistan» AJ Farg‘ona shahrida o‘z ofisini ochdi. Mazkur ofis Farg‘ona viloyatidagi tadbirkorlar hamda aholiga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish orqali hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishi shubhasizdir.
Bir bankdan ziyoda bo‘lgan «Ziraat Bank» o‘z faoliyati jo‘g‘rofiyasini yanada kengaytirishni davom etmoqda.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 15 ABV.
Farg‘ona ofisi manzili: Farg‘ona shahri, Qomus ko‘chasi, 43-uy.
Call-markaz: +99878-147-67-67
Bizning bank va bank mahsulotlari haqida barcha ma'lumotlarni veb-saytimizda va ijtimoiy tarmoqlardagi biznes sahifalarimizda topishingiz mumkin:
Sayt: ziraatbank.uz
Instagram: @ziraatbank_uzbekistan
Facebook: fb.com/ZiraatBankUzbekistan
Reklama huquqi asosida