NASA Venerani o‘rganish uchun 2ta missiya yuboradi

Fan-texnika 17:05 / 03.06.2021 24816

AQSh Milliy aviatsiya va kosmik agentligi (NASA) atmosferasi va geologik xususiyatlarini o‘rganish uchun Venera sayyorasiga 2ta missiya yuborayotganini e'lon qildi.

Har bir missiyani tayyorlash uchun taxminan 500 million dollar mablag‘ ajratilgan. Har ikkalasi ham 2028-2030 yillarga mo‘ljallanmoqda.

NASA ma'muri Bill Nelsonning ta'kidlashicha, missiyalar sayyorani o‘rganish bo‘yicha yangi bilimlarni taqdim qiladi. Sayyoraga tashrif buyurgan AQShning so‘nggi tekshiruvi 1990 yilda amalga oshirilgan.

«Ulardan maqsad – qanday qilib Yerga o‘xshash ko‘plab xususiyatlarga ega bo‘lgan ikkinchi sayyora «do‘zaxga o‘xshash dunyo»ga aylanganini tushunishdir», – deyiladi NASAning e'lon qilingan bayonotida.

Malum qilinishicha, so‘nggi yillarda Yevropa va Yaponiyaning kosmik kemalari sayyora atrofini aylanib chiqqan.

Venera Quyosh tizimidagi eng issiq sayyora bo‘lib, bu yerda havo harorati 500 gradusga teng. Bu qo‘rg‘oshin eritish uchun yetarli hisoblanadi.

So‘nggi bir necha o‘n yilliklar davomida NASA tomonidan ilmiy tadqiqotlar uchun eng ko‘p Mars sayyorasini o‘rganishga mablag‘ sarflangan. Ammo bu o‘zgarib bormoqda. Yangi g‘oyalar va talqinlar uzoq vaqtdan beri «o‘lik» sayyora bo‘lgan, deb hisoblanuvchi Venera geologik jihatdan faollashayotganligini ko‘rsatmoqda.

Avvalroq, NASA tomonidan Marsda kislorod ishlab chiqarishga erishilgani xabar qilingandi. Ta'kidlanishicha, 5,4 gramm kislorod olishga muvaffaq bo‘lingan.

Ko‘proq yangiliklar: