Bayden dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

Jahon 20:45 / 03.06.2021 3680

AQSh prezidenti Jo Bayden dunyodagi korrupsiyaga qarshi kurashishni mamlakat milliy xavfsizlik sohasidagi muhim vazifalardan biri deb e'lon qiluvchi memorandumni imzoladi. Bu haqda AQSh ma'muriyati vakili ma'lum qildi.

«AQSh prezidenti mazkur memorandum bilan korrupsiyaga qarshi kurashishni AQSh milliy xavfsizligining muhim vazifasi etib belgilamoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini qanday qilib kuchaytirish, muvofiqlashtirish bo‘yicha hukumatga 200 kun ichida tahlil o‘tkazish va prezidentga hisobot hamda tavsiyalar taqdim etish vazifasi yuklatildi», dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus korrupsiyani moliyalashtirishga qarshi kurashish va Vashington fikri bo‘yicha ana shunday noqonuniy faoliyatda qatnashayotganlarni javobgarlikka tortish borasidagi xalqaro hamkorlikni ko‘zda tutadi. 

«Memorandum amalga oshirilishi dunyodagi korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi qat'iy choralarga olib keladi», dedi AQSh ma'muriyati vakili.

Ko‘proq yangiliklar: