Xitoyda ultramarafondagi fojiadan keyin ekstremal sport musobaqalari vaqtincha taqiqlandi

Jahon 23:50 / 02.06.2021 4717

Ta'kidlanishicha, odamlar salomatligi va xavfsizligini samarali himoyalash maqsadida 2 iyundan tog‘ krosslari, Gobi cho‘li orqali o‘tishlar, vingsyut-kostyumlarda parvoz qilish, o‘ta uzoq masofalarga yugurish va nomukammal qoidalar va yuqori xavfga ega, xavfsizlik standartlari noaniq bo‘lgan, yaqinda paydo bo‘lgan sport musobaqalari vaqtincha taqiqlab qo‘yildi.

Boshqarmada bunday sport musobaqalarini nazorat qilish tizimini takomillashtirish iloji boricha tezlashtirilishi aytilgan.

22 may kuni Tszintay uyezdida boshlangan 100 kmlik ultramarafon vaqtida ob-havo keskin yomonlashgani oqibatida 21 nafar atlet halok bo‘lgan, 8 nafari jarohat olgan. Marafon tog‘li hududda o‘tgan. Unda jami 172 sportchi qatnashgan.

Musobaqa vaqtida ob-havo to‘satdan yomonlashib, harorat nol darajagacha tushib ketgan, kuchli shamol boshlanib, muzli yomg‘ir yog‘gan. Bu vaqtda ishtirokchilar yengil yozgi kiyimlarda bo‘lishgan. 23 may kuni qidiruv-qutqaruv otryadlari yo‘qolib qolgan sportchilar jasadlarini topishgan.

Ko‘proq yangiliklar: