Bugungi kunda «TEXNOPARK» MChJ hududida 10 ta zavod ishga tushirilgan. Amalda o‘z faoliyatini olib borayotgan muvaffaqiyatli loyihalar qatoriga "SHIVAKI Frigo Cool" mahalliy brendi ostida ishlab chiqarilayotgan sanoat sovitish tizimlarini ishlab chiqarish kiradi. Loyihaning quvvati – yiliga 900 dona. "SHIVAKI Frigo Cool" mutlaqo yangicha mahsulot. "SHIVAKI Frigo Cool" - deyarli har qanday turdagi oziq-ovqat, shular qatorida o‘z xususiyatlarini tez yo‘qotadigan mahsulotlarni uzoq muddat saqlab qolish uchun nafaqat zarur, balki eng maqbul harorat rejimlarini yaratadigan zamonaviy texnologiyalardir. Yuqorida qayd etilgan mahsulotlarning sovitkichlarda 1tonnadan 200 tonnagacha saqlash imkoniyati, sanoat ko‘lamini kasb etadi. Shuningdek sovitiladigan mahsulotlarning hajmi to‘g‘ridan to‘g‘ri ma'noda sanoat darajasida bo‘lishi mumkinligi muhim ahamiyatga ega.
"SHIVAKI Frigo Cool" qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va saqlashda, aholiga xizmat ko‘rsatish - tibbiyot, umumiy ovqatlanish va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. «TEXNOPARK» sanoat sovitish tizimlari ishlab chiqarishda asosiy e'tiborni yuqori sifatga va qulay narxlashga beradi. Bundan tashqari, biz servis xizmatlarni ko‘rsatamiz va 3 yillik kafolatni taqdim etamiz.
"SHIVAKI Frigo Cool" tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat muzlatgichlarining asosiy vazifasi, ichki bozor uchun va eksportga mo‘ljallangan meva va sabzavotlar, oziq-ovqat , go‘sht mahsulotlarini uzoq muddatda sifatli saqlash. Bunday natijaga, faqatgina muzlatgichda mahsulot uchun qulay harorat ta'minlansa erishish mumkin. Bizning sanoat sovutgichlarimiz mahalliy fermerlar, ishlab chiqaruvchilar va chet el bozor xaridorlarining talablariga to‘liq javob beradi.
“TEXNOPARK”da "SHIVAKI Frigo Cool" sanoat sovitish tizimlarining quyidagi turlari ishlab chiqariladi:
- Split tizimli sovitgichlar, sovitish unumdorligi 1,7 kVt ̴ 39,6 kVt gacha , jami 12 ta mahsulot ;
- Mono blokli sovitgichlar, sovitish unumdorligi 3,98 kVt ̴ 7,1 kVt gacha, jami 5 ta;
- Namlantirgich : 3 litrdan ~ 9 litrgacha, jami 3 ta model.
Umumiy 20 hil mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
"SHIVAKI Frigo Cool" sovitish tizimlari:
a) tejamkor energiya sarfi;
b) yuqori texnologiyali konstruktiv yechim;
c) to‘liq avtomatik ishlash;
d) tizimning ishlashini dasturlash imkoniyati;
ye) boshqarishdagi qulayliklar;
f) eng asosiysi gidrofilik alyumin radiatorlar bo‘lib, bu radiatorlar sovitish unumdorligini oshiribgina qolmay, zanglashga o‘ta bardoshli hisoblanadi, qolaversa dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari tomonidan ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy mahsulot hisoblanadi.
"SHIVAKI Frigo Cool" sanoat sovitkichlarning afzalliklari:
1. Jahon standartlariga muvofiq bo‘lgan EN 328, EN 13215 standartiga asoslangan Colorimetric labaratoriyada sovuqxona mahsulotlari test qilinishi;
2. Yuqori samarali sovitish diapazoni: sovuqxona xaroratida + 5 ℃ dan , muzlatish -25 ℃ gacha modellarning mavjudligi;
3. Analoglar bilan qiyoslaganda, tashqi shovqinning past ko‘rsatkichi;
4. Sifatli va yopiq turdagi tashqi muhitdan himoyalangan ishonchli sovitish uskunasi;
5. O‘rnatish va yig‘ishning konstruktiv qulayligi va elektr qismlarining tashqi qism ichida joylashganligi;
6. Umumiy eksplutatsiya sarflarni tejash maqsadida, ushbu mahsulot Yevropa va jahon texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan;
7. 80 yillik tajribaga ega bo‘lgan Germaniya va Fransiyaning Gea Bock,Tecumseh kompressorlari;
8. Montajning boshqa turlari bilan hamohanglik;
9. Keng assortimentga ega bo‘lgan 20 xil mahsulotning mavjudligi;
10. Bug‘latish moslamasining eng oxirgi texnalogiya “Ultrasonic – tovush to‘lqinlari orqali suvni parchalash ” yordamida eng samarali va sifatli namlikda ishlash imkoniyati;
11. Konstruksiyani oson yig‘ish va o‘rnatish jarayonini ta'minlaydi;
12. Uch yillik kafolat muddati;
13. O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab servis xizmati.
IShLAB ChIQARIShNING TeXNOLOGIK JARAYoNI
1. Korpusni shtamplash jarayoni;
2. Issiqlik almashtiruvchi moslamani tayyorlash;
3. Bog‘lovchi mis quvurlarni tayyorlash;
4. Metall korpusni tayyorlash;
5. Kukunli bo‘yoq qoplamalarni sepish;
6. Muzlatish blokini yig‘ish;
7. Belgilangan sinovdan o‘tkazish;
8. Mahsulotning xaridorga yuborish bo‘limiga uzatilishi.
"SHIVAKI Frigo Cool" sanoat sovitkichlari uchun biriktirilgan qo‘shimcha aksessuarlar ham mavjud.
Sifat standartlariga qat'iy rioya qilish natijasida sanoat muzlatkichlarini ishlab chiqarish bir nechta xalqaro ISO sertifikatlarga ega:
ISO 9001: 2015 - sifat menejmenti tizimlari;
ISO 45001: 2018 - mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligini boshqarish tizimlari;
ISO 14001: 2015 - atrof-muhitni boshqarish.
Reklama huquqi asosida