Samsung kompaniyasining yangi WindFree™ konditsioneri shamol va yelvizaksiz sovitadi

Jamiyat 12:00 / 31.05.2021 11498

Yozgi issiq haqidagi tasavvurni o‘zgartirish vaqti keldi. Kirib kelayotgan mavsum endi qizigan, jazirama va dim bo‘lmaydi. Yozni yangi Samsung WindFree™ konditsionerlari bilan kutib oling. Shamol va yelvizaksiz salqinlik – havo isib ketishi bilan, har bir kishi bu haqda orzu qiladi. Va Samsung kompaniyasi bu tilakni ustalik bilan amalga oshirdi.

Yangi split-tizimi modellarini yaratishda WindFree™ innovatsion sovitish texnologiyasi qo‘llanilgan. Iyun oyida bozorlarimizga kirib keladigan ushbu konditsionerlar o‘zida zamonaviy dizayn, qulay ishlash rejimi va past energiya sarfini mujassam qiladi. Tunda konditsioneringiz ishlayotganini hatto eshitmaysiz, hamda sokin va xotirjam uyqudan zavqlanasiz.

WindFreetexnologiyasi bilan shamolsiz salqinlik

Do‘kon, ofis yoki uyda esib turgan sovuq havo oqimidan paydo bo‘ladigan yoqimsiz his, ehtimol, har birimizga tanishdir. Issiq havoda bunday yo‘naltirilgan past haroratli havo oqimi sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Samsung kompaniyasi WindFree™ texnologiyasini ishlab chiqdi – endi salqinlik imkon qadar qulay bo‘lib, terida keskin sovuq hissini tug‘dirmaydi.

Samsung konditsioneri havo oqimini 23000 dona mitti tuynukchalardan tarqatadi. Har qanday o‘lchamdagi xonalar bir tekis, dam olish yoki ishlash noqulay bo‘lgan, sovuq zonalar yaratmay sovitiladi. Mazkur texnologiyaning shubhasiz afzalliklariga quyidagi imkoniyatlarni kiritish mumkin:

  •  AI (Sun'iy Idrok) yordamida avtomatik sovitish. Ishlash rejimi avtomatik rejimda qurilmaning o‘zi tomonidan, quyidagi shartlarni hisobga olgan holda, tanlanadi: namlik, harorat, xona o‘lchami.
  • “Sokin uxlash” rejimi. Tungi vaqtda haroratni avtomatik boshqarish tizimi uxlash va dam olish uchun maqbul muhitni saqlab turadi.
  • Qisqa vaqt ichida sovitish. AR9500T split-tizimi oldingi modellar bilan taqqoslaganda, kattaroq diametrga ega ventilyator (15% ga), havoni kengroq maydondan tortish qurilmasi (18% ga), yanada kengroq qopqoqlar (31%) bilan jihozlangan. Salqin havo yanada uzoqroq, yanada tekis ravishda tarqaladi.
  • Avtotozalanish. Uch bosqichli o‘zini tozalash tizimi namlikni bartaraf qilib, havoni chiqaradi, hamda bakteriyalar va yoqimsiz hidlar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Samsung WindFree konditsioneri – yangi tejamkor yechim

Elektr energiyasini tejash maqsadida, AR9500T split-tizimida neodimli magnitlar va ovoz pasaytiradigan moslamasi bo‘lgan raqamli invertorli kompressor o‘rnatilgan. Tovushsiz ishlash qobiliyati bilan birga, konditsioner yaxshilangan ishchi manbaga ega. WindFree™ rejimida energiya sarfining qisqarishi 77 foizgacha yetadi, bu esa oila budjeti uchun ahamiyatli tejamkorlikdir.

Qurilmaning ishlashini boshqarish uchun smartfoningiz va SmartThings mobil ilovasidan foydalanish mumkin. Bir tugmani bosish orqali, uyning istalgan joyidan tizimni boshqarar ekansiz, qimmatli vaqtingizni tejaysiz. Buning uchun sun'iy idrok tizimiga tegishli parametrlarni belgilash zarur, u maqbul sozlamalarni taklif qiladi va tashqaridagi haroratdan qati nazar, uyda qulaylik yaratadi.

Samsung zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi

Samsung kompaniyasining innovatsion yechimlarni kiritishi tufayli, xaridor funksional, tejamkor va zamonaviy konditsionerga ega bo‘ladi.

  • Easy Filter Plus havo filtri osongina yechib olinadi va tozalanadi. Filtrning bakteriyalarga qarshi qoplamasi havo orqali ifloslanishdan himoya qiladi;
  • Shovqinsiz ishlash WindFree™ past tezlikda sovitish texnologiyasi orqali ta'minlanadi;
  • DuraFin materialidan yasalgan ventilyator zanglash (korroziya)ga bardoshli xususiyatlarga ega;
  • Issiqlik almashtiruvchi moslamaning ishlash tavsiflari yaxshilandi;
  • Kondensator zanglashdan himoyalangan;
  • Triple Protector Plus texnologiyasi elektr energiyasidagi keskin sakrashlarning oldini olib, turg‘un ishlashni kafolatlaydi.

AR9500T konditsioneri turlicha quvvat ko‘rsatkichlari bilan ikki xil variantda taqdim etiladi:

  • AR12ASHCBWKNER;
  • AR18ASHCBWKNER.

O‘zbekistondagi xaridorlar tez orada yangi modellarni xarid qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Yangiliklarni kuzatib boring, hamda sotuvlar boshlanishini o‘tkazib yubormang. Yozni qulaylik bilan kutib oling!

WindFree™ konditsionerining imkoniyatlari va texnik tavsiflari bilan quyidagi havola orqali yaqinroq tanishib chiqishingiz mumkin.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Veb-sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: