O‘zbekistonda xorijga chiqadigan talabalar va OAV xodimlari koronavirusga qarshi emlanadi

O‘zbekiston 18:05 / 31.05.2021 1758

O‘zbekistonda 31 may kunidan boshlab COVID-19’ga qarshi emlanadigan fuqarolar ro‘yxatiga talabalar, OAV xodimlari va yozuvchilar qo‘shildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova ma'lum qildi.

Birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori insonlar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari hamda surunkali xastaliklar kuzatiladigan fuqarolar koronavirusga qarshi emlash jarayonlarida ishtirok etayotgan edi.

Nasiba Toirova bergan ma'lumotga ko‘ra, 31 may kunidan boshlab ushbu ro‘yxatga:

  • chet elga o‘qishga boradigan talabalar;
  • ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar);
  • yozuvchilar;
  • teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlar qo‘shildi.
Ko‘proq yangiliklar: