Mirishkor tumani hokimi qabulga kelgan fuqaro operatsiyasi uchun mablag‘ ajratdi

Jamiyat 21:29 / 31.05.2021 2288

Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Mirishkor tuman kengashining navbatdagi sessiyasida tuman hokimi qabuliga murojaat bilan kelgan fuqarolarga ko‘mak beriladigan bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qumbangi mahallasida yashovchi fuqaro F.T.ning ko‘rish qobiliyatda kamchiliklar borligi, sog‘lig‘ida muammo yuzaga kelayotganini aytib qilgan murojaatiga asosan fuqaroning operatsiyasi uchun 7,9 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Foto: Mirishkor tuman hokimligi axborot xizmati

Shuningdek, Yangiariq mahallasida yashovchi Sh.H.ning kontrakt to‘lovi uchun 6,3 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

«Biz saxovat ishlarini har kuni bajarishimiz, fuqarolarimizni rozi qilishimiz lozim. Biz katta-katta sitilarni qurmagandirmiz, biroq insonlar qalbida shunday kayfiyat uyg‘otamiz», degan Sherali Sanayev.

Ko‘proq yangiliklar: