Hafta davomida juda issiq ob-havo bo‘ladi - «O‘zgidromet»

Jamiyat 13:51 / 31.05.2021 16486

Ma'lum qilinishicha, faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim kunlarda, asosan kechga yaqin, Toshkent viloyatida esa 1 iyunda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Ish haftasi davomida aksariyat viloyatlarda havo harorati kechalari 22-25 daraja issiqni, kunduz kunlari 37-39 daraja issiqni, janubda va cho‘l hududlarida 38-43 daraja issiqni tashkil etadi. Haroratning bunday yuqori qiymatlari absolyut maksimum qiymatlarga yaqinlashadi, ayrim tumanlarda undan yuqori bo‘ladi.

31 may va 1-2 iyunda respublika bo‘yicha ba'zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: