Koronavirus: Rossiyada mart oyidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich, AQShda Dovud yulduzi tufayli mojaro

Jahon 23:38 / 30.05.2021 26911

BBC Covid-19 pandemiyasi bilan bog‘liq so‘nggi xabarlarni keltirdi.

Rossiyada mart oyidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi
So‘nggi bir kunda Rossiyada kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha 19 martdan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi - 9 694 kishiga infeksiyadan zararlanish tashxisi qo‘yildi. Shu bilan birga, so‘nggi bir kunda 7 386 kishi tuzalib, 355 bemor vafot etgan.

Moskvada so‘nggi bir kunda 3719ta yangi kasallanish holati qayd etilgan. Shaharda qatorasiga to‘rtinchi kundirki, kunlik holatlar soni 3 mingdan yuqori bo‘lmoqda. Poytaxtda hozirda 96 708 ming kishi kasallangan (aktiv keys).

Rossiyada pandemiya boshidan buyon qayd etilgan kasallanish holatlari soni 5 milliondan oshgan (121 mingdan oshiq kishi vafot etib, 4,6 milliondan ortiq kishi tuzalib chiqqan, aktiv keys - 262 mingdan ortiq), rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, bu aholining 3,5 foizi demakdir. Shu tariqa, Rossiya, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, kasallanish holatlari soni bo‘yicha AQSh, Hindiston, Brazilii, Fransiya va Turkiyadan keyingi oltinchi o‘rinda joylashgan.

Rossiyada aprel va may oylarida koronavirusga chalinish holatlari pasaygan, shu bilan birga, Moskva va Sankt-Peterburgda shifoxonalarga yotqizilganlar soni ham kamayib kelayotgandi.

Sariq yulduz mojarosi
AQShda Tennesi shtatining Neshvill shahrida bosh kiyim do‘konining Instagramdagi sahifasida sariq yulduz ko‘rinishida, «Men vaksina qabul qilmaganman» yozuvi tushirilgan nashivka reklamasidan keyin mojaro yuzaga keldi. Shu kabi yulduzlar Germaniya natsistlari tomonidan yahudiylarga majburan taqilgan. Hozirda bu post o‘chirilgan, ammo amerikalik jurnalistlar tomonidan bu surat boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Hatwrks do‘koni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bu reklamani 28 may kuni joylashtirgandi. Suratda ko‘rinishidan do‘kon egasi bo‘lgan katta yoshli ayol sariq rangli, «Men emlanmaganman» yozuvi bitilgan Dovud yulduzi taqqan holda aks etgan. Do‘konda bu kabi nashivkalar 5 dollardan sotilgan.

Mahlliy ravvin bunday yulduzchalar Ikkinchi jahon urushi yillarida natsistlar tomonidan o‘ldirilgan yahudiylarni haqoratlash hisoblanishini aytib o‘tdi. Do‘konni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham qoralashdi, odamlar «Neshvillda natsistlarga joy yo‘q!» shiori bilan ko‘chalarga chiqishdi.

Keyinroq do‘kon rahbari Instagramdagi «o‘ylanmay qilingan ish» uchun uzr so‘radi. Matnda u «Dovud yulduzini qadrsizlantirmoqchi yoki millionlab insonlar bilan ro‘y bergan hodisaga hurmatsizlik qilmoqchi bo‘lmagani» aytib o‘tilgan.

Olti qirrali Dovud yulduzi yahudiylar ramzi sanaladi. Natsistlar tomonidan bosib olingan hududlarda yahudiylar shunday nashivka taqib yurishga majburlangan.

Pandemiya davrida esa nashivkadan vaksinatsiyaga qarshi foydalana boshlashdi, uni tez-tez Buyuk Britaniya va Germaniyadagi koronaskeptiklarning namoyishlarida uchratish mumkin edi. May oyida Myunxen hududida shu kabi aksiyalarda Dovud yulduzidan foydalanish taqiqland. Antisemitizmga qarshi kurash bo‘yicha GFR komissiyasi rahbari Feliks Klyayn bunday nashifkalarni butun mamlakat bo‘ylab taqiqlashga chaqirgan.

Braziliyadagi namoyishlar
O‘n minglab braziliyaliklar Rio-de-Janeyro va mamlakatning boshqa yirik shaharlarida ko‘chalarga chiqib, 460 mingdan ortiq fuqaro vafotiga sabab bo‘lgan koronavirus pandemiyasi tufayli prezident Jair Bolsonaruning impichmentini talab qilishmoqda.

Bolsonaruni koronavirus xavfsini pisand qilmay, jamoat sog‘ligini saqlash uchun zarur choralar ko‘rmagani, lokdaun va komendantlik soati joriy etilmagani uchun ayblashmoqda.

Namoyishchilar «Hayot, demokratiya, bandlik va daromadlar uchun», «Bolsonaruga xayr!» va «Darhol impichment!» kabi shiorlarni ko‘tarib olishgan. Ular prezidentni ko‘p sonli o‘limlarda ham ayblab, vaksinatsiyani tezlashtirishni talab qilishmoqda. Braziliya dunyoda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda joylashgan, shu vaqtgacha mamlatkatda Covid-19 tufayli 694 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Braziliya Senati hozirda mamlakatning amaldagi hukumatining vaksinatsiya dasturini susaytirish holati bo‘yicha harakatlarini tekshirmoqda.

Germaniyada politsiya bilan to‘qnashuvlar
Tunda Shtutgartda koronavirus cheklovlariga qarshi guruh bilan to‘qnashuv vaqtida besh nafar politsiyachi jarohatlandi. Politsiya karantin cheklovlari va jamoat joyida alkogol iste'mol qilishga qo‘yilgan taqiqlar hali amalda ekaniga qaramay shahar markazida to‘plangan 600dan ortiq kishini tarqatib yuborishga uringan.

Ayrim namoyishchilar politsiyachilarga ichimlik idishlarini uloqtira boshlagan, politsiyachilar esa qalampirli ballonchiklarni qo‘llashgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar uchun olti kishi qo‘lga olingan, ammo ular hozirga kelib qo‘yib yuborilgan.

Yaqinda Shtutgartda kechqurungi soat 10dan amal qilgan komendantlik soati bekor qilingandi. Ammo shaharda jamoat joylarida alkogol iste'mol qilishga qo‘yilgan taqiq hamon amalda.

Shtutgartda shu kabi voqealar 2020 yil iyunida ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda namoyishlarda asosan yoshlar ko‘chalarga chiqishgan, o‘nlab politsiya xodimlari to‘qnashuvlar vaqtida jarohat olgan, ayrim binolarga jiddiy shikast yetkazilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: