Bugun LG muzlatkichlarining ayrim texnologiyalariga chuqurroq to‘xtalamiz: DoorCooling+ o‘zi nima, invertorli kompressor nimaga ta'sir qiladi, nima uchun Fresh Balancer va Fresh Converter zonalari kerak va No Frost Total No Frost’dan farqi nimada?
Asosiydan boshlaymiz – LG muzlatkichlaridagi DoorCooling+™ belgisi nimani anglatadi?
Ko‘plab muzlatkichlarda sovuq havo faqatgina orqa paneldan uzatilgani sababli muzlatish harorati turli zonalarda farq qiladigan bo‘lsa, LG DoorCooling+™ da esa sovuq havo nafaqat orqadan, balki yuqoridan ham tushadi. Shu tariqa sovuq eshik javonlariga ham yetib borib, old kamera qismlarini ham muzlatadi. Bu tufayli, zonalar va mahsulotlarni salqin ushlash jarayoni 32 foizga tezroq va bir maromda kechadi. Natija: mahsulotlar bir maromda muzlatiladi va eshik bo‘linmalarida bo‘lsa ham o‘z shaffof ta'mini uzoqroq saqlaydi.
DoorCooling+™ muzlatkichlarining yana ikki ajralib turuvchi jihati – 36 dB minimal shovqin darajasi bo‘lib, bu avvalgi modellarga nisbatan 25 foizgacha kamroqdir. Shuningdek, asosiy korpus chegarasidan tashqariga chiqmasdan va tortmalarni ochishga to‘siq bo‘lmasdan eshikni 90° gacha ochishga imkon beruvchi nolli bo‘shliq ham mavjud.
Agarda DoorCooling+ nimaligi oz bo‘lsa-da tushunarli bo‘lsa, endi kompressorga o‘tamiz.
Muzlatkichda qanday kompressor o‘rnatilganiga energiya iste'moli miqdori, ish samaradorligi, bosim o‘zgaruvchanligiga mutanosibligi va texnikaning chidamliligi bog‘liq bo‘ladi. Va agarda ko‘plab muzlatkichlarda standart kollektorli tur yoki oddiy invertorli kompressor o‘rnatilgan bo‘lsa, DoorCooling+™ muzlatkichlarida yangilangan Smart invertorli kompressor o‘rnatilgan. U nimasi bilan farq qiladi?
Smart invertorli kompressorining analoglaridan asosiy farqi – tinch, deyarli shovqinsiz ish rejimi va energiya tejamkorligidadir.
Agar uning asosiy afzalliklarini aytadigan bo‘lsak, u energiya iste'molini 32 foizgacha kamaytiradi, uzoq muddatgacha xizmat qiladi, past darajada shovqin chiqaradi va o‘zgarishlarsiz doimiy haroratni ushlashga imkon beradi.
Endi Fresh Balancer va Fresh Converter haqida to‘xtalamiz.
DoorCooling+™ muzlatkichlaridagi bu ikkita zonada siz shunchaki regulyatorni faqatgina kerakli holatga almashtirish orqali harorat yoki namlik rejimidan birini tanlashingiz mumkin. Fresh Converter zonasida go‘sht, baliq va sabzavotlar uchun haroratning optimal darajasini sozlashingiz mumkin. Namlik darajasini sozlash uchun esa bor-yo‘g‘i Fresh Balancer zonasida regulyatorni mevalar yoki sabzavotlarga almashtirasiz.
Bu qanday amalga oshadi:
Nihoyat, muzlatkichni eritish zaruriyati va No Frost funksiyasi haqidagi savolga o‘tamiz. Shu o‘rinda yoqimli yangilik– No Frost belgili muzlatkichlarni muz hosil qilmay ishlagani tufayli eritishga hojat yo‘q.
DoorCooling+™ muzlatkichlarining ko‘plab modellari shunchaki No Frost emas, balki Total No Frost funksiyasiga ham ega. Bu nimani anglatadi?
Total No Frost – bu o‘zining ko‘p oqimli sovuq havo yuborish xususiyati bilan ajralib turuvchi odatiy No Frost tizimining modifikatsiya qilingan varianti. Texnik tildan tarjima qilinganda, No Frost tizimida sovuq havo faqat yuqoridan pastga tushsa, Total No Frost orqa devordan turli teshiklar orqali har bir burchakka yetib boradi va yuqori samaradorlikni ta'minlaydi.
Umid qilamizki, mazkur maqola sizga foydali bo‘lib, endi muzlatkich izlayotganda sizga aynan nima kerakligini aniq bilasiz.
Sayt: lgblog.uz
Instagram: @lguzbekistan
Reklama huquqi asosida