Koronavirus: Yana bir bemor vafot etdi, kasalxonadagi bemorlar soni 3,6 mingdan ortiq

O‘zbekiston 12:28 / 29.05.2021 4057

«2021 yil 28 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99844 (+264) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 2 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 49 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 43 nafari Toshkent viloyatida,
  • 105 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 4 nafar,
  • Jizzax viloyatida 3 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 13 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 7 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 55 nafar,
  • Toshkent shahrida 171 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 95529 (+279) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 688 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3627 nafar bemor davolanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: