Malayziyada 2 haftaga to‘liq lokdaun kiritiladi

Jahon 20:03 / 28.05.2021 3407

Lokdaun 1 iyundan amal qila boshlaydi va 14 kun davom etadi. Bu vaqt davomida iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlaridan tashqari barchasi vaqtincha faoliyat yuritmaydi. 

Malayziyada oxirgi sutkada kunlik kasallanishlar soni 8,2 mingdan oshdi. Bu esa pandemiya boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Hisham Abdulla shifoxonalarning intensiv davolash bo‘limlari bemorlar bilan 90 foizga to‘lganini ma'lum qilgan.

Malayziyada ilk bor lokdaun 2020 yil mart oyidan mayigacha kiritilgandi. Bundan tashqari, mamlakatda joriy yilning 22 yanvaridan 5 martigacha ijtimoiy cheklovlar amal qilgan. O‘shanda hukumat cheklovlar evaziga o‘rtacha kunlik kasallanishlar sonini 3 minggacha tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: