Yaponiya hukumati muhtoj oilalarga yana bir bor pul tarqatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

Jahon 19:23 / 26.05.2021 3659

Yaponiya hukumati muhtoj oilalarga 100 ming iyenagacha miqdorda (919 dollar) naqd pul berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Kyodo News xabar berdi.

Rejaga ko‘ra, moliyaviy yordam olishga da'vogarlarning bankda 1 million iyenadan ortiq miqdorda omonati bo‘lmasligi kerak. 

 Hukumat bir kishidan iborat oilalarga oyiga 60 ming, ikki kishidan iborat oilalarga 80 ming hamda uch va undan ortiq a'zosi bo‘lgan oilalarga 100 ming iyenadan pul berishni mo‘ljallamoqda. Xabarda aytilishicha, moddiy yordam uch oy beriladi.

Yaponiya hukumati o‘tgan yili mamlakatning har bir fuqarosiga 100 ming iyena miqdorida nafaqa to‘lagandi.

Ko‘proq yangiliklar: