2021 yilning 20 may kuni Yu.A. “102” qisqa raqamiga bergan xabariga ko‘ra, soat 23:18 larda Dang‘ara tumani Qo‘riq qishlog‘i So‘limbog‘ ko‘chasi 2-uy yonida “Matiz” rusumli avtomashinada bo‘lgan uch nafar noma'lum shaxs unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, 3 500 000 so‘mlik bo‘lgan “NUAWEI” rusumli uyali telefon apparatini talon-toroj qilish yo‘li bilan tortib olib, noma'lum tomonga qochib yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qo‘qon shahrida yashovchi 22 yoshli A.A. o‘zining jinoiy sheriklari 22 yoshli I B. va 21 yoshli A.A. bilan birgalikda A.A. boshqaruvida bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinada oldindan jinoiy til biriktirib, sodir etgani aniqlangan. Jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “NUAWEI” rusumli uyali telefon apparati A.A.dan ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Ushbu holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB huzuridagi TB tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, talonchilar qo‘lga olingan.
Avvalroq Farg‘ona shahrida 18 yoshli yigit haydovchiga pichoq bilan hujum qilgani haqida xabar qilingan edi.