Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin

Jahon 17:33 2704

Ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga cheklov qo‘ygani haqida xabarlar taqaldi. Bu masalaga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizimati rahbari Jamoliddin Qalandarov izoh berdi.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi kunda Janubiy Koreyadagi iqtisodiy o‘zgarishlar tufayli o‘zbekistonliklar ish joyini sababsiz tark etish holatlari ko‘p kuzatilmoqda.

«Bir kishi qilgan xato ko‘pchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Oqibatda, ishchi migrantlar uchun ajratilayotgan kvotalar soni kamayadi», dedi Qalandarov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan O‘zbekiston fuqarolari ko‘lami 9,6 foizga yetgan.

«Agar 10 foizga chiqadigan bo‘lsa, bu davlat O‘zbekiston bilan migratsion aloqa tizimini qayta ko‘rib chiqishi mumkin», dedi u.

Qalandarovning ta’kidlashicha, 2024 yil Janubiy Koreyaga E-9 vizasi bilan ishlash uchun 3080 nafar fuqaro yuborilgan bo‘lib, bu raqam 2023 yilga nisbatan ancha pasaygan. Bu vaziyat faqat o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq emas, boshqa davlatlardan borganlar uchun ham shunday choralar ko‘rilyapti. Masalan, Nepal migrantlari soni bir yilda 19758 kishidan 7081 nafarga kamaygan.

Qalandarov so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sabab, Koreyada ko‘plab kompaniyalar o‘zini bankrot, deb e’lon qilmoqda. Shundan kelib chiqib, agentlik mutaxassislari ushbu davlatda bo‘lib turgan yurtdoshlardan mehnat intizomiga, shartnomada ko‘rsatilagan talablarni to‘liq bajarishga, qonunlarni buzmaslikka chaqiradi.

Ko‘proq yangiliklar: