Lukashenko G‘arbga narkotrafik va migratsiyani nazorat qilishni to‘xtatish bilan tahdid qildi
U shuningdek, YeIning Belarus aviatsiyasi parvozlarini taqiqlaganiga ham izoh berdi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bundan buyon G‘arb mamlakatlari Belarus bilan chegaradagi narkotrafik va noqonuniy migratsiya ustidan nazoratni o‘zlari amalga oshirishini aytdi.
«Biz giyohvand moddalar va migrantlarni to‘xtatib turgandik – endi ularni o‘zingiz yeysiz va ushlaysiz», dedi Lukashenko.
U shuningdek, YeIning Belarus aviatsiyasi parvozlarini taqiqlaganiga ham izoh berdi.
«Xavfsiz Belarus ustidan uchish yoqmasa, 300 kishi o‘lgan joydan uching (Ukraina nazarda tutilmoqda – tahr.)», dedi u.
23 may kuni Lukashenkoning buyrug‘i bilan harbiylar Afinadan Vilnyusga yo‘l olgan Ryanair aviakompaniyasi samolyotini Minskka qo‘ndirishdi.
Samolyot bortida Belarus hukumatiga qarshi namoyishlarni faol yoritgan va muxolifatchilarning birinchi raqamli resursiga aylangan Nexta Telegram-kanalining sobiq bosh muharriri Roman Protasevich va uning sevgan qizi bor edi — samolyot qo‘nganidan keyin ular qo‘lga olindi, qolgan yo‘lovchilar esa yetti soatdan keyin parvozni davom ettirish uchun qo‘yib yuborildi.
Bu hodisa xalqaro inqirozli holatni keltirib chiqardi. Aviakompaniyalar Belarusni aylanib o‘tgan holda uchishga qaror qilmoqda.
Mavzuga oid

15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda

22:07 / 27.01.2025
Belarusning 30 yillik prezidenti yana saylandi. G‘arb bu saylovni ham tan olmadi

12:30 / 27.01.2025
Belarusda Aleksandr Lukashenko yettinchi prezidentlik muddatiga qayta saylandi

00:20 / 27.01.2025