Soy bo‘yidagi tijorat binolarining keng tanlovi har qanday turdagi biznes uchun binolarni tanlashga imkon beradi.
Umumiy maydoni 40 000 kvadrat metr bo‘lgan Seoul Mun o‘ziga xos savdo va ko‘ngilochar majmui poytaxt markazida, uch qavatli ko‘rinishda barpo etilmoqda, soy bo‘yida ko‘plab do‘konlar, piyoda sayr yo‘laklari va to‘xtash joylari bo‘ladi. Tijorat ko‘chmas mulk loyihasi 270 dan ortiq binolarni o‘z ichiga oladi. 13 dan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan turli xil tijorat maydonlari biznesingiz ehtiyojlariga mos ko‘chmas mulkni tanlash imkonini beradi.
3 metrdan 6 metrgacha bo‘lgan shift balandligi esa joy egalari uchun har bir kvadrat metrdan samarali foydalanish yechimlarini taqdim etadi. Tijorat ko‘chmas mulkiga sarmoya kiritishni rejalashtirayotganda, Seoul Mun loyihasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak. Knight Frank kompaniyasining jahon ekspertlarining tahlillariga ko‘ra qulay joylashuv, tashrif buyuruvchilar trafigi, joylarning keng tanlovi kabi afzalliklar barqaror va yuqori daromadni ta'minlaydigan asosiy omillardir.
Dream City Development kompaniyasining sotuv ofisida barpo etilgan maxsus shourumda loyihaning afzalliklarini yaqqol ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek, ko‘chmas mulkni tanlash bo‘yicha kerakli maslahatlarni olishingiz mumkin.
Yagona ma'lumot markazi: +99871 202 22 22
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM
Mo‘ljal: «Xalqlar do‘stligi» maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l
Sayt: seoulmun.uz
Telegram: t.me/dreamcityuz
Facebook: fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida