Surxondaryoda avtotransport vositalarining sozligi haqida qalbaki hujjat tayyorlab sotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat 22:40 / 24.05.2021 2105

Surxondaryo viloyati Angor tumanida avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazilgani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlab sotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro I.B. «S.A.» MChJning muhri, shtamp va blankalarini soxtalashtirgani aniqlangan. Jumladan, u hech qanday kompressor va uskunalarsiz avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazilgani va soz holatda ekanini tasdiqlovchi guvohnomalarni 50 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha haq evaziga tayyorlab bergan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: