Samarqandda «Matiz» va «Neksiya» o‘zaro to‘qnashdi. Haydovchilardan biri vafot etdi

Jamiyat 21:46 / 24.05.2021 1983

Samarqand viloyati Urgut tumanida «Matiz» va «Neksiya» mashinalari o‘zaro to‘qnashdi. Oqibatda «Neksiya» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 19 may kuni tunda M39 Almati–Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Urgut tumani «Qorabuloq» mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘tgan 1102-kilometrida «Matiz» va «Neksiya» o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda «Neksiya» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Aniqlanishicha, ushbu yo‘l-transport hodisasiga «Matiz» avtomashinasining ro‘paradan kelayotgan «Neksiya» yo‘liga chiqib ketgani sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Urgut tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Ma'lumot uchun, M39 Almati–Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Urgut va Samarqand tumanidan o‘tgan qismi ancha xavfli yo‘l hisoblanadi. Bir qismida o‘rtani ajratuvchi beton to‘siqlar bo‘lmagani uchun, bu yerda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘ladi. Yaqinda Samarqand viloyat IIB YHXB tashabbusi bilan ushbu yo‘lning Samarqand tumanidan o‘tuvchi qismida o‘rtani ajratuvchi beton to‘siqlar o‘rnatildi.

Ko‘proq yangiliklar: