2021 yil 1 may holati bo‘yicha O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13 mingtani tashkil etib, ulardan 12,5 mingtasi faoliyat yuritmoqda.
Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 557taga oshgan.
Ayni paytda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni:
- Rossiya – 2 199ta,
- Xitoy – 1 867ta,
- Turkiya – 1 714ta,
- Qozog‘iston – 991ta,
- Koreya – 894ta.
Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida 2021 yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha:
- Turkiya – 164ta,
- Rossiya – 119ta,
- Xitoy – 94ta,
- Qozog‘iston – 78ta,
- Koreya – 28ta.