Jahon banki O‘zbekistonda 24ta loyihani moliyalashtiradi

Iqtisodiyot 19:24 / 23.05.2021 8091

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqsi bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Berdening O‘zbekistonga qilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha maqolasi chop etildi.

Ta'kidlanishicha, Jahon Banki 2022-2026 yillarda O‘zbekistonda Sheriklik dasturi doirasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Amaldagi dastur bo‘yicha, umumiy qiymati 4,3 milliard dollarga teng bo‘lgan 24ta loyiha moliyalashtiriladi. Ushbu loyihalar makroiqtisodiy islohotlar, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta'lim, suv ta'minoti va sanitariya, energetika, transport, aholini ijtimoiy himoya qilish, shahar va qishloqlarni rivojlantirish kabi muhim sohalarda amalga oshiriladi.

Anna Berde O‘zbekistonga tashrifi davomida Jahon banki tomonidan ajratilgan umumiy qiymati 289 million dollar va Shveytsariyaning Iqtisodiy ishlar bo‘yicha davlat kotibiyatining 7,8 million dollarlik kreditlarini imzolash marosimida ham qatnashgan. Ma'lum qilinishicha, ushbu mablag‘lar O‘zbekistonning uchta mintaqasida suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash va bozorga yo‘naltirilgan Milliy innovatsion tizimni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish ishlarida sarflanadi.

Ma'lumot uchun, bu Anna Berde xonimning Markaziy Osiyoga birinchi tashrifi hisoblanadi. Shuningdek, Jahon bankining vitse-prezidenti Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonda ham amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Asli Shveytsariya fuqarosi hisoblanadigan Anna Berde 2020 yil 1 maydan e'tiboran Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: