Samarqandda avtobus bilan to‘qnashgan «Nexia-3» haydovchisi vafot etdi

Jamiyat 12:02 / 22.05.2021 11150

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida avtobus bilan to‘qnashgan «Nexia-3» haydovchisi voqea joyida vafot etgan. U shu yerda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 18 may tungi soat 00:30lar atrofida davlat ahamiyatidagi 4R47 «Bulung‘ur-Urgut-M39» avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani Kichik Kildon mahallasi hududidan o‘tuvchi 16-kilometrida shu tumanda yashovchi 28 yoshli haydovchi «Nexia-3» mashinasida harakatlanib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi avtobusga urilgan.

Oqibatda «Nexia-3» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib hodisa yuz bergan joyda vafot etgan. Avtobus haydovchisi esa shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruvda «Nexia-3» haydovchisi yaqin oradagi harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi bo‘lgani va u belgilangan me'yordan ortiq tezlikda harakatlangani aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: