Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, vazir uchrashuvda rasmiylikdan chekinib, yoshlarga yaqinroq bo‘lish uchun galstuk va kostyumini yechib qo‘ydi.
Muloqot ishtirokchilari rasmiyatchilik yoshlarni uzoqlashtirishi, blogerlar bilan ham uchrashuvlar tashkillashtirishni so‘rashdi. Bunga javoban Sherzod Shermatov rasmiyatchilikdan uzoq bo‘lishni hozirdan boshlaymiz deb, galstuk va kostyumini yechib qo‘yib, so‘ng suhbatni davom ettirdi.
«Bugun sizlar bilan ancha norasmiy muloqot qilamiz. Blogerlar bo‘yicha, AlterAgo bilan gaplashishni xohlasangiz, men yaqinda intervyu berdim. Yoki boshqa blogerlarni xohlasangiz ham uchrashuvlar qilib beramiz», - dedi vazir.