Qozog‘istonda qariyb 2 mln kishi koronavirusga qarshi emlandi

Jahon 15:07 / 22.05.2021 4192

Qozog‘istonda koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlanganlar soni 2 millionga yaqinlashdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar berdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, 22 may holatiga 1 969 033 kishi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlandi. Bugunga qadar vaksinaning ikkinchi dozasini olganlar soni 903 225 nafarga yetdi.

Avvalroq Qozog‘istonda "Sputnik V" vaksinasining ikkinchi dozasi bilan emlash muddati oralig‘i uzaytirilgandi. Mamlakat bosh sanitar vrachining farmoyishiga ko‘ra, oraliq muddat 45 kunga uzaytirildi (ilgari 21 kun edi).

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirganlar soni 371 ming nafardan oshgan, 4,1 ming kishi vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: