Qashqadaryoda qo‘lbola yog‘ ishlab chiqaruvchi yashirin korxona faoliyatiga chek qo‘yildi

Jamiyat 19:43 / 22.05.2021 2790

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashash xonadonida qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarayotgan shaxs faoliyatiga chek qo‘yilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 may kuni Qashqadaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Qamashi tumani IIB xodimlari hamkorlikda olib o‘tkazgan tadbirda yana bir fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan. Jumladan, Qamashi tumani, Navoiy MFYda yashovchi E.O‘. yashash xonadonining qo‘shimcha binosida moy juvoz uskunasini o‘rnatib, yog‘ ishlab chiqarib kelayotganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, tadbir davomida mazkur shaxsning uyidan yog‘ ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalar, 400 kilogramm chigit, 500 litr yog‘, 200 kilogramm kunjara, 100 litr zig‘ir yog‘i, 150 dona 5 litr hajmli yelim idish va uning qopqoqlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar asosida Qamashi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: