Janubiy Koreya Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshiriladigan ekologik loyihalarga 7 mln dollar ajratadi

Jamiyat 14:48 / 21.05.2021 1557

BMT Bosh Assambleyasining Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar zonasi, deb e'lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga Koreya Respublikasi elchisi Kan Chje Kvon o‘z munosabatini bildirdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Avvalo, O‘zbekistonni xalqaro hamjamiyatning faol a'zosi sifatida BMTdagi navbatdagi muvaffaqiyati bilan tabriklayman. Butun insoniyat Orol dengizi inqiroziga munosib darajada qiziqish bildirishi kerak. Bu inqiroz atrof-muhit, mahalliy aholi hayoti, jamiyat va madaniyat, iqtisodiyot va taraqqiyot, insoniyat va kelajak uchun katta muammolar tug‘dirdi. Bu nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun Osiyo qit'asi uchun dolzarb masaladir.

Orol dengizi muammosini bartaraf etishda biz, avvalo, O‘zbekiston rahbariyati va xalqiga katta hurmat izhor qilamiz.

Koreya Respublikasi xalqaro hamjamiyat a'zosi sifatida Orol mintaqasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Xususan, mamlakatimiz Orolbo‘yi mintaqasini qutqarish loyihalariga 7 million dollarga yaqin mablag‘ ajratmoqda. Janubiy Koreya ilmiy jamoatchiligi, tibbiyot tashkilotlari, kompaniyalari va ijtimoiy soha vakillari O‘zbekiston bilan birgalikda ushbu loyihalarni amalga oshirishda faol qatnashadi.

Ko‘proq yangiliklar: