Tadbirda “Qarzdorlik holatlarini bartaraf etish uchun ichimlik suvini ham xuddi elektr energiyasi singari avtomatik uzib qo‘yish tizimini yo‘lga qo‘yish mumkinmi?” deya so‘raldi.
“Biz bu masalani o‘rganganmiz. Lekin ichimlik suvini uzib qo‘yish sanitar–gigiyenik muammolarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa yuqori qavatli uylarda bunday chorani qo‘llamagan ma'qul. Shuning masalaning siyosiy jihati ham bor. Ombudsman bilan maslahatlashgan holda bu inson huquqlariga ham muvofiq kelmasligini hisobga olganmiz. Istardikki, iste'molchilarning o‘zlari tushungan holda qarzdorlikni bartaraf qilishsin.
Garchi uzib qo‘ymasak-da, kelajakda onlayn kuzatuvni amalga oshirish mumkin bo‘lgan “aqlli hisoblagich”lar o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz”, dedi Zuhriddin Zayniddinov.