Samarqandda Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘shtlar to‘xtatib qolindi

Jamiyat 14:00 / 20.05.2021 1065

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan «Yuqori nuqta» yo‘l-patrul xizmati maskanida qashqadaryolik haydovchilar tomonidan Toshkent shahriga olib ketilayotgan, kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan sifatsiz go‘sht mahsulotlari to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar beryapti.

Ma'lum qilinishicha, M39 xalqaro yo‘lining Bulung‘ur tumanidan o‘tuvchi qismida joylashgan «Yuqori nuqta» YPX maskanida IIB xodimlari tomonidan Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan M.F. boshqaruvidagi Nexia mashinasi to‘xtatib tekshirilgan. Tekshiruvda, mashina yukxonasi hamda salon ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan 141 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari olib ketilayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, ushbu avtomashina bilan birga harakatlanib kelayotgan, N.B. boshqaruvidagi Nexia ham tekshirilganida, uning yukxonasi va saloni ichida veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan, kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan 46 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsuloti borligi ma'lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ekspertiza tekshiruv natijasiga ko‘ra, ushbu go‘sht mahsulotlari iste'molga yaroqsizligi aniqlangan va tegishli tartibda yo‘q qilingan.

 

Ko‘proq yangiliklar: