Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Trampni tabriklab, «Ukraina mojarosi» bo‘yicha muloqotga tayyorligini ma’lum qildi
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Moskva hech qachon Vashington bilan muloqotdan, jumladan, «Ukraina mojarosi» bo‘yicha muloqotdan bosh tortmagan.

Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Kreml matbuot xizmati e’lon qilgan ikki daqiqali videolavhada Putin Donald Trampni AQSh prezidentligi lavozimiga kirishishi bilan tabriklagan va Moskva Ukrainadagi urush masalasida Vashington bilan muloqotga tayyor ekanini bildirgan.
«Biz AQShning qayta saylangan prezidenti va uning jamoasini Rossiya bilan uzilgan aloqalarni tiklash haqidagi bayonotlarini ko‘rmoqdamiz... Shuningdek, uchinchi jahon urushiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha ishni qilish zarurati to‘g‘risidagi bayonotlarni ham eshityapmiz. Shubhasiz, biz bu kabi munosabatni olqishlaymiz va AQShning saylangan prezidentini lavozimga kirishishi bilan tabriklaymiz», — deydi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva hech qachon Vashington bilan muloqotdan, jumladan, «Ukraina mojarosi» bo‘yicha muloqotdan bosh tortmagan. Putinning hisoblashicha, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi dialog «teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida» qurilishi kerak.
«Biz, shuningdek, yangi administratsiya bilan Ukraina mojarosi bo‘yicha dialogga ochiqmiz. Eng muhimi — biz bir necha bor gapirgan inqirozning birlamchi sabablarini bartaraf etish. Kelishuvning maqsadi qisqa muddatli sulh emas, balki mintaqada yashovchi barcha odamlar, barcha xalqlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qilishga asoslangan uzoq muddatli tinchlikka erishish bo‘lishi kerak», — deya ta’kidlagan Putin.
19 yanvar kuni CNN Donald Tramp o‘z yordamchilariga AQSh prezidentligi lavozimiga kirishganidan keyin bir necha kun ichida Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotni tashkil etishni buyurganini ma’lum qilgan edi. Telekanal manbalarining aytishicha, «muloqotning maqsadi — Ukraina urushiga barham berish uchun yaqin oylarda o‘zaro uchrashuv o‘tkazishni muhokama qilishdir».
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

15:10 / 12.07.2025