U ta'minotchiga bankka kredit so‘rab ariza bermaganini bildirgan.
Shunday bo‘lsada, issiqxonaning usti 15 mart kuni yopilgan.
Ayol pomidor ko‘chat sotib olib issiqxonaga ekkan. Dehqonchilik qilib daromad topmoqchi bo‘lgan. Issiqxona 1 oyga bardosh bermay, ayolning ko‘z o‘ngida vayron bo‘lgan.
Endi esa bank xodimlari Sarvinoz Ro‘ziqulovadan kredit foizlarini to‘lashni talab qilmoqda.
Bugungi kunda kambag‘allikdan chiqishi rejalashtirilgan ayol vayron bo‘lgan issiqxona sabab idorama idora yugurib sarson bo‘layotganini, moddiy sharoiti avvalgidan ham yomonlashayotganini bildirib nolimoqda.