Ellikqal'adagi «Katta qirqqiz qal'a»da arxeologik yodgorlik topildi

Jamiyat 12:16 / 20.05.2021 2995

Ellikqal'a tumanida joylashgan «Katta qirqqiz qal'a»da arxeologik yodgorlik topildi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, may oyida Janubiy Orolbo‘yi O‘zbekiston–Rossiya kompleks arxeologik ekspeditsiyasi arxeologik ishlarining 2-mavsumi ish boshlagan. 

Ekspeditsiya ishlarida Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar instituti hamda Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, akademiyaning N.N.Mikluxo-Maklay nomidagi etnologiya va antropologiya instituti, Rossiya Sharq xalqlari san'ati muzeyi ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda.

«Katta qirqqiz qal'a» yodgorligida amalga oshirilgan arxeologik qazish ishlari mazkur mintaqada qadim davrlarda yashagan xalqlar tarixi to‘g‘risida yangi ma'lumotlarga asos bo‘ladi.

Arxeolog-olimlarning ta'kidlashicha, mazkur yodgorlik miloddan avvalgi IV–III asrlarda qurilgan bo‘lib, milodiy VI–VIII asrlargacha foydalanilgan.

Ta'kidlanishicha, qal'aning g‘arbiy tomonida yirik monumental bino mavjud bo‘lib, unda arxeologik qazish davomida antik keramika namunalari, maishiy buyumlar, butun kamalak ranglarini o‘zida jamlagan devoriy rangli tasvirlar namunalari topilgan.

Bundan tashqari, qal'a hududidan tangalar ham topilib, ularni restavratorlar o‘rganmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: