Chet tillariga oid prezident qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga shunday vazifa yuklatildi.
Bundan tashqari, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkillashtirish maqsadida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari – 2021 yil 1 iyulga qadar Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan birgalikda joriy yil ikkinchi yarmi uchun mo‘ljallangan hududlarda xorijiy tillarni o‘rgatishni ommalashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari» ishlab chiqadi, keyinchalik esa har yili 15 yanvarga qadar bunday «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqib, tasdiqlaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari – har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha tegishli hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotini eshitib boradi.