Moliya vazirining buyrug‘i bilan Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Vazirlar Mahkamasining 29.01.2021 yildagi 41-son qaroriga muvofiq, nizom quyidagi bandlar bilan to‘ldirildi:
- 34-1-band, unda agar xaridlar reja-jadvali 3 oy oldin maxsus axborot portaliga joylashtirilmagan bo‘lsa, boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddati 7 kundan kam bo‘lmasligi kerakligi nazarda tutilgan;
- 47-1 va 127-1-bandlar, ularga muvofiq tanlovda (tenderda) xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar – mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda narx preferensiyasi qo‘llaniladi.
2021 yil 29 yanvardagi 41-son VMQ bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarga (ishlar, xizmatlarga) preferensiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tenderda (tanlovda) xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga ikki va undan ortiq ishtirokchilar – mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan taqdirda, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan narx preferensiyasi qo‘llaniladi.
Bunda har bir lot bo‘yicha 15 foiz miqdorida narx preferensiyasi beriladi hamda respublika hududida sanoat ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmat ko‘rsatish) faoliyatini amalga oshiradigan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga nisbatan qo‘llaniladi.