Uzoq davom etadigan ish kuni har yili yuz minglab o‘limlarga sabab bo‘lmoqda – JSST

Jahon 18:42 / 17.05.2021 6139

2016 yilda uzoq davom etadigan ish kuni 745 ming kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) tadqiqotida.

Tadqiqot xulosasida aytilishicha, bundan eng ko‘p Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida yashovchilar jabr ko‘rgan. JSST koronavirus pandemiyasi sababli holat yanada yomonlashishidan ogohlantirmoqda.

Olimlarning aniqlashlaricha, 55 soatlik ish haftasi 35–40 soatlik ish haftasiga nisbatan insult xavfini 35 va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lish xavfini 17 foizga oshiradi.

Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, ko‘p ishlash oqibatida vafot etganlarning to‘rtdan uch qismi o‘rta va katta yoshdagi erkaklar bo‘lgan.

JSST ish beruvchilarga o‘z xodimlari sog‘ligi bilan bog‘liq xatarlarni hisobga olishni tavsiya qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: