JSST koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili yanada halokatli bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanmoqda

Jahon 20:51 / 14.05.2021 9096

 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yili birinchi yilga nisbatan yanada ko‘proq o‘limlarga sababchi bo‘lishi mumkinligini aytdi.

 «COVID-19 3,3 milliondan ortiq o‘limga olib keldi va biz pandemiyaning ikkinchi yili birinchi yilga nisbatan yanada halokatli bo‘lishi mumkinligi yo‘lida turibmiz», — dedi u.

Avvalroq Gebreyyesus dunyoda koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari tekis chiziqqa tushganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy va Janubiy Amerikada kasallanish va o‘lim holatlari kamaygan. Osiyo, ayniqsa Hindistonda esa aksincha, kuchli o‘sish kuzatilmoqda.

Aprel oxirlarida JSST Hindiston duch kelgan vaziyat har qanday davlatda kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: