Jizzax davlat pedagogika instituti an'anaviy ta'limga o‘tkaziladi

O‘zbekiston 07:18 / 14.05.2021 1467

Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining barcha kurs (1-4 kurslar) talabalari uchun 2021 yil 17 may kunidan boshlab  an'anaviy ta'lim shaklida o‘qish boshlanadi. Bu haqda institut matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.

Barcha talabalar institutga PsR (koronavirus test natijasi) test natijalari bilan qabul qilinadi. Koronavirus bilan kasallangan yoki davolanayotgan talabalar o‘qishlarini masofaviy (onlayn) tarzda  davom ettirishadi.

Pedagogik amaliyotni o‘tayotgan talabalar o‘z hududlaridagi ta'lim muassasalarida amaliyotni belgilangan muddatda yakunlab, PsR (koronavirus test natijasi) test natijalari bilan an'anaviy o‘qish shakliga qaytishadi.

Institut tomonidan ma'lum qilinishicha, talabalar test natijalarini o‘z hududlaridagi sanitariya-epidemiologik ososoyishtalik markazlaridan  borib olishlari mumkin. Laborator tahlil olish markazlari orqali test topshirish bepul.

Avvalroq, Jizzax davlat pedagogika institutida o‘quv jarayonlari 2021 yilning 30 aprelidan boshlab 14 mayga qadar ikki xaftalik muddatga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazilganligi haqida ma'lum qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: