Bugun har bir mo‘min musulmon uchun ham qarz, ham farz bo‘lmish Ramazon ro‘zasi o‘z nihoyasiga yetdi va ezgulik, xayr-u saxovat, mehr-oqibat ramzi – Ramazon hayiti kirib keldi.
Ko‘p asrlarki, O‘zbekiston aholisi mehr-oqibat, insonparvarlik, bag‘rikenglik kabi insoniy fazilatlarni shakllantiruvchi muqaddas Ramazon ro‘zasini tutib kelmoqdalar. Bu muborak oy barchamizga ezgu ishlarni to‘xtovsiz amalga oshirish lozimligini eslatib turadi. Shu sababli o‘zbekistonliklar muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish kabi xayrli ishdan hech qachon bosh tortmaydilar.
Muqaddas Ramazon ro‘zasi musulmon ummatining sabr va taqvosiga berilgan sinovdir. Havas diskaunterlari xodimlari hurmatli iste'molchilar ushbu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishlarida hech qanday to‘sqinliklar bo‘lmasligi uchun imkon qadar harakat qildilar. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 139 diskaunter xodimlari iste'molchilarni barcha kerakli mahsulotlar bilan ta'minlash, ularning vaqtlarini va mablag‘ini tejash maqsadida tun-u kun mehnat qilishdi.
Bundan tashqari, Havas to‘yimli, foydali va shu bilan birga mazali taomlar retseptlari to‘plangan maxsus kitob ishlab chiqdi. Bu kitob yordamida hurmatli iste'molchilarimiz saharlik va iftorlikka qanday taom tayyorlash haqida bosh qotirmaslik imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Alohida ta'kidlash lozimki, kitobdagi retseptlardan kundalik hayotda ham to‘g‘ri ovqatlanish uchun foydalanish mumkin.
Havas jamoasi iste'molchilarga qulaylik baxsh etdi deb umid qiladi va O‘zbekiston xalqiga xizmat ko‘rsatayotganidan faxrlanadi.
Ushbu shod kunda Havas barcha orzu va niyatlaringiz amalga oshishini, qilgan duolaringiz ijobat bo‘lishini tilaydi. Xonadoningizni fayz-baraka, qalbingizni ezgulik hech qachon tark etmasin. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Reklama huquqi asosida