Toshkent davlat yuridik universitetining 30 yilligini munosib nishonlash hamda o‘tgan davr mobaynida ushbu ta'lim maskanida olib borilgan keng ko‘lamli ishlarni sarhisob qilish, universitetning mamlakat taraqqiyoti, davlat va jamiyat rivojida tutgan o‘rni, huquqiy sohadagi islohotlarni amalga oshirishda qo‘shgan hissasini e'tirof etish va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida «Yuridik fanlar axborotnomasi – Vestnik yuridicheskix nauk – Review of law sciences» huquqiy ilmiy-amaliy jurnalining maxsus soni chop etiladi.
Jurnalning ushbu maxsus soni uchun taqdim etiladigan maqolalar universitet tarixi, uning respublika oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida tutgan o‘rni, yuridik ta'lim rivojidagi ahamiyati, shuningdek, muassasa bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan fan namoyandalari, davlat arboblari ijodi va faoliyati, 30 yil davomida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak.
Maqolalar 30 mayga qadar qabul qilinadi.
Taqdim etilgan maqolalar jurnal tahrir hay'ati va taqrizchilar tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda nashrga tavsiya etiladi.
Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan, belgilangan talablarga javob bermaydigan, mavzusi mos kelmaydigan maqolalar tahrir hay'ati tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
Jurnalda maqola chop etish bepul.
Muallif maqolada keltirilgan dalil va ma'lumotlar uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Koordinator: Hilola Saloyeva – TDYuU Tahririy-nashriyot bo‘limi boshlig‘i.
Maqola matnini lawjournal@tsul.uz pochta manzili yoki Tahririy-nashriyot bo‘limining (94) 659-82-91 telegram raqamiga yuborish lozim.
Ma'lumot uchun telefon raqamlari: +998 71 233-66-36, 1169 (ichki).
E-mail: lawjournal@tsul.uz
Reklama huquqi asosida