Qat'iy stavkalar qo‘llanadigan aksiz solig‘i hisob-kitobi ilovasi bekor qilindi

Iqtisodiyot 12:45 / 10.05.2021 7283

Davlat soliq qo‘mitasi «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Qarorga ko‘ra, o‘zgartirish va qo‘shimchalar QQS, aksiz solig‘i, foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig‘i va mol-mulk soliqlari hisobot shakllariga kiritilgan.

Xususan:

  • qat'iy stavkalar qo‘llaniladigan aksiz solig‘i hisob-kitobi ilovasi bekor bo‘ladi;
  • foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma joriy qilinadi;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi faoliyat turi bo‘yicha alohida belgilanishi munosabati bilan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti shakllarining yangi tahriri tasdiqlandi.

Shuningdek, QQS, foyda va aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitoblaridan ayrim ilovalar va satrlar chiqarib tashlandi va tahririy o‘zgartirishlar kiritildi.

Ma'lumot uchun, Davlat soliq qo‘mitasining 2020-03-son «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori loyihasi o‘tgan yili muhokamaga qo‘yilgan va hujjat 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirishi kerak edi.

Avvalroq, 2021 yil 1 iyulidan davlat soliq xizmati organlarining boshqaruv xodimlariga o‘z daromadlari va egaligida bo‘lgan aktivlarni majburiy deklaratsiyalash tartibi joriy etilishi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: